U-17 Jahon chempionati yarim finali doirasida Italiya Avstriyaga qarshi bahs olib bordi va 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Avstriyaliklar safida Yoxannes Mozer (57, 90+3) dubl muallifiga aylandi va terma jamoasini finalga olib chiqdi.

Finalda Avstriya Portugaliya - Braziliya juftiligi g'olibi bilan o'ynaydi. Hal qiluvchi o'yin 27 noyabr kuni o'tkaziladi.

Manba: www.stadion.uz.