U-17 JCh. O'zbekiston - Xorvatiya uchrashuvi qachon bo'lib o'tadi?

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi U-17 Jahon chempionatida «J» guruhida 2-o'rinni egallagan holda 1/32 finalga yo'l oldi.
Vakillarimizning navbatdagi raqibi «C» guruhida ikkinchi bo'lgan Xorvatiya bo'ladi. Ushbu o'yin 14 noyabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu juftlik g'olibi 1/16 finalda Avstriya - Chexiya o'yini g'olibi bilan to'qnash keladi.
Manba: www.stadion.uz.