O'zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati 1/16 finalida Xorvatiyaga qarshi o'yin o'tkazdi.

O'yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Sadriddin Hasanov (24) bizdan, Tino Kusanovich (80) esa xorvatlardan gol urdi.

Penaltilar seriyasida darvozabonimiz Ne'matulloh Rustamjonovning qahramonligi g'alaba keltirdi - 4:3.

Nimchorak finalda vakillarimizga Italiya raqiblik qiladi.

Manba: www.stadion.uz.