Qatarda U-17 Jahon chempionati bahslari start oldi.

Bugun O'zbekiston terma jamoasi Paragvayga qarshi o'yindagi g'alaba (2:1) bilan turnirdagi ishtirokini boshladi.

Vakillarimiz o'rin olgan "J" guruhining ikkinchi o'yinida Irlandiya Panamani yirik 4:1 hisobida taslim qildi.

Irlandiyaliklar to'plar farqi yaxshiligi sabab guruhda 1-o'rinda, O'zbekiston ikkinchi. Paragvay va Panama 3 va 4-o'ringa joylashgan.

Manba: www.stadion.uz.