U-17 JCh. Bugun O'zbekiston U-17 Italiyaga qarshi o'ynaydi

17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatida hal qiluvchi bahslar yaqinlashmoqda.
Bugun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 1/8 finalda Italiyaga qarshi o'yin o'tkazadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:30'da start oladi.
U17 JCh. 1/8 final
Italiya - O'zbekiston
18 noyabr, 17:30. «Espayr» akademiyasi
TV translyatsiya: ZO'R TV
Manba: www.stadion.uz.