Tyuramni APLning 4 klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi edi

"Yuventus" yarim himoyachi Kefren Tyuram bo'yicha barcha takliflarni rad etdi. Frantsuzning xaridiga Angliyaning "Liverpul", "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirgan - ularning barchasi "keksa sinora"dan rad javobini eshitgan, deydi jurnalist Ekrem Konur. Turin klubida hamon xavbekni "daxlsiz" deb hisoblashmoqda.
Kefren Tyuramning "Yuventus" bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan bo'lib, uning transfer narxi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 40 mln evroga baholanmoqda. Avvalroq, "byankonerilar" rahbariyati Saudiya Arabistoni chempionati vakilining 24 yoshli futbolchi bo'yicha taklifini rad etgani xabar qilingandi.