Tyuram "Yuventus"da o'ynash hissiyotlari haqida gapirib berdi

"Yuventus" safida markaziy yarim himoyachi sifatida to'p tepayotgan Kefren Tyuram Turin klubidagi hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yuventus" - Italiyadagi eng yaxshi klub, dunyodagi eng yaxshilaridan biri. "Yuventus" - bu sening hayotni his qilishing. "Yuve"da sen g'alaba qozonish uchun o'ynaysan. Bir yarim yildan beri shu erdaman va buni har kuni ko'ryapman," - deya futbolchining so'zlarini keltiradi DAZN.
Tyuram 2024 yilning yozida "Yuventus" safini to'ldirdi. U Italiyaga "Nitstsa"dan ko'chib o'tgan. Turinliklar safida frantsiyalik xavbek 71 ta uchrashuvda 6 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.