Tyago Pitarch «Real» safida UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Yarim himoyachi «Bavariya»ga qarshi uchrashuvning (1:2) asosiy tarkibidan joy oldi. U ushbu natijani 18 yoshu 247 kunligida qayd etdi.

Shu tariqa, u Raul tomonidan 1996 yilda o'rnatilgan rekordni yangilashga muvaffaq bo'ldi.