Tyago Motta ikki terma jamoa bosh murabbiyligiga nomzod bo'lib turibdi

"Atalanta" va "Vulverxempton" bilan bog'langan Tyago Motta "Yuventus"dagi faoliyatidan keyin hamon o'ziga yangi klub qidirmoqda. Footmercato xabariga ko'ra, Motta ikki terma jamoaning diqqat markazida turibdi, ammo "Bolonya" sobiq murabbiyining hozirgi ustuvor vazifasi klub futboliga qaytishdir.
Gretsiya va Serbiya italiyalik murabbiyni ko'ndirish maqsadida kuzatuv olib bormoqda.
"Yuventus" Mottaning maoshidan qutulish uchun ijobiy yangiliklardan umid qilmoqda, chunki hozirda "byankonerilar" Mottadan tashqari Igor Tudor va Luchano Spallettiga ham maosh to'lashda davom etmoqda.