Tyago Alkantara «MYu» yulduzi Maynu uchun eng ideal pozitsiyani aytdi

«Bavariya» va «Liverpul» klublari sobiq futbolchisi Tyago Alkantara «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynu haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Maynuning o'yini menga yoqadi. Men undan "sakkizlik" (markaziy yarim himoyachi) pozitsiyasida foydalangan bo'lardim, chunki u himoyalanishni ham, agressiv o'ynashni ham biladi. Raqiblarni aldab o'tish, jarima maydonchasi ichiga yorib kirish va gol urish qo'lidan keladi. Maydonda o'zini tutishiga qaraganda, u — haqiqiy "sakkizlik".
Uni "o'nlik" (hujumkor yarim himoyachi) pozitsiyasiga qo'ya olmaysiz. Agar u orqasida raqib follarini bartaraf etadigan kimdir borligini bilsa, himoya haqida ko'p bosh qotirmasdan, oldinga o'tishi va jarima maydonchasiga yorib kirishi mumkin bo'ladi», — dedi Alkantara Rio Ferdinandning podkastida.
Kobbi Maynu — «Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi «qizil iblislar» safinda barcha turnirlarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar