Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Premer-liganing 16-turidan o'rin olgan "Chelsi" va "Everton" o'rtasidagi o'yinni tomosha qildi.

Germaniyalik murabbiy televizorda ko'rinish berdi. Tuxel 2021-22 yillarda "Chelsi"ga murabbiylik qilgan, ammo u sobiq klubini qo'llab-quvvatlash uchun "Stemford Bridj"ga kelmaganligi aniq.

Germaniyalik murabbiy yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatini hisobga olgan holda Angliya terma jamoasiga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.