Tuxel: «Reshford «Barselona»ga o'tganidan so'ng butunlay o'zgardi»

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel hujumchi Markus Reshfordning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Markus Reshford ayni damda o'z faoliyatining cho'qqisida (praymda) turibdi. «Barselona»ga o'tganidan beri u butunlay boshqa futbolchiga aylandi. Urugvayga qarshi bahsda u maydondagi eng yaxshi o'yinchi bo'ldi. «Barselona» uni olib qolmoqchi emasligining yagona sababi — ularning moliyaviy imkoniyatlari bunga yo'l qo'ymasligida bo'lsa kerak», — dedi Tuxel.
Urugvayga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida (1:1) Reshford asosiy tarkibda maydonga tushdi va 69 daqiqa harakat qildi. Angliyaliklar navbatdagi nazorat o'yinini bugun, 31 mart kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi.