Tuxel "Real" futbolchisi haqida: "U dunyoning istalgan jamoasida o'z o'rniga ega bo'lardi"

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoasida Federiko Valverdedan tashqari yana qaysi urugvaylik futbolchini ko'rishni istashi haqidagi savolga javob berdi.
"O, yo'q, yo'q — men baribir Fede Valverdeni tanlagan bo'lardim. U dunyoning istalgan jamoasida o'z o'rniga ega bo'lardi", — deya Tuxelning so'zlarini keltiradi The Touchline.
Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada Angliya va Urugvay terma jamoalari "Uembli" stadionida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishgan edi. O'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.