Tuxel nima uchun Bellingemni asosiy tarkibda tushirmaganini tushuntirdi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel asosiy tarkibda Jud Bellingemni tushirmaslik qaroriga izoh berdi.
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Serbiya bilan JCh-2026 saralash uchrashuvini zaxiradan boshladi, Morgan Rodjers esa asosiy tarkibdan joy oldi. 65-daqiqada Bellingem "Aston Villa" vakili o'rnini egalladi.
"Bu normal holat. Morgan Judning eng yaqin do'stlaridan biri, shuning uchun u qattiq xafa bo'lgan deb o'ylamayman. Ular bir pozitsiya uchun kurashadilar, lekin do'st bo'lib qoladilar, bir-birlariga hurmat bilan munosabatda bo'ladilar. Rojers boshlang'ich tarkibda bo'lishga loyiq edi, chunki u oldingi o'yinlarda juda yaxshi edi. Bellingem hali pressing tizimimizga ko'nikishi kerak, boshqa futbolchilar esa u bilan tanish," - deya Tuxelning javobini keltiradi VVS.