Tuxel nega Reshfordni terma jamoaga chaqirganini tushuntirdi

Kecha Angliya terma jamoasining bo'lajak o'yinlar uchun tarkibi ma'lum bo'ldi. Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel chaqirilgan futbolchilar ro'yxatida "Barselona" forvardi Markus Reshford borligini tushuntirdi.
"U yig'inni a'lo darajada o'tkazdi. U o'zini yaxshi tomondan ko'rsatishga juda-juda harakat qilardi. O'ylashimcha, Markus bizga birga-bir ustunlik beradi, u bizga ikkala oyoqda ham gol urish imkonini beradi. U bizga raqiblarni qo'rqitish va natijaga erishish uchun tezlik beradi," - dedi inglizlar ustozi.