Tuxel Maguayrning terma jamoa tarkibidan chetda qolgani haqidagi gaplariga javob qaytardi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026 yilgi Jahon chempionati uchun tarkibga kiritilmagan Xarri Maguayrning bayonotidan hayratda qolganini bildirdi.
«Maguayrning [o'zini shokda ekanligi haqidagi] bayonotini o'qib, hayron qoldim. Bizda shaxsiy suhbat bo'lgan edi va unda u o'z hissiyotlarini ifoda etish imkoniyatiga ega edi.
Qarorimiz quyidagicha: biz kuz faslida terma jamoani muvaffaqiyatli olib chiqqan markaziy himoyachilar bilan qolamiz», — dedi Tuxel.