Tuxel Maguayrning qarindoshlari Xarrining JCHga chaqirilmagani haqidagi gaplari borasida: "Kek saqlaydigan odam emasman, lekin bunday narsalar menga yoqmaydi"

Eslatib o'tamiz, avvalroq Maguayr milliy jamoa qaydnomasiga kiritilmagani haqida gapirgan, Xarrining onasi Zoi esa Tuxelni tanqid qilib chiqqan edi.
"Men umrimning oxirigacha buni uning yuziga solish niyatida emasman, chunki kek saqlaydigan inson emasman. Men hamma narsani engil va tez unutaman, lekin bunday narsa menga yoqmadi va bu Maguayrga yordam bermaydi", - dedi Tuxel.
Kommentariyalar