Tuxel: «Lionel Messini to'xtatish yo'lini topamiz»

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCh–2026 yarim finali oldidan Argentina terma jamoasi etakchisi Lionel Messi haqida o'z fikrini bildirdi.
«Biz Leo Messini to'xtatish yo'lini topamiz», — dedi Tuxel The Telegraph nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Angliya — Argentina o'rtasidagi yarim final bahsi 15 iyuldan 16 iyulga o'tar kechasi bo'lib o'tadi. Ushbu qarama-qarshilik g'olibi 20 iyul kuni bo'lib o'tadigan finalda Frantsiyani 2:0 hisobida mag'lub etgan Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ayni vaqtda 39 yoshli Lionel Messi JCh–2026da 8 ta gol urgan bo'lib, musobaqa to'purarlari ro'yxatida Frantsiya hujumchisi Kilian Mbappe bilan birgalikda birinchi o'rinni egallab turibdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar