Tuxel Keyn Angliya terma jamoasining navbatdagi o'yinida maydonga tushishga tayyormi yoki yo'qligini aytdi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa hujumchisi Xarri Keynning hozirgi holati haqida gapirdi.
"Xarri Keyn yaxshi sport formasida va o'ynashga tayyor. U ertaga to'liq 90 daqiqa o'ynay olmasligiga sabab ko'rmayapman. Bungacha u Myunxenning "Bavariya"sida barcha o'yinlarda maydonga tushgan, shuning uchun hech qanday to'siq ko'rmayapman," - deya Tuxelning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Keyn Angliya terma jamoasi safida 109 ta o'yin o'tkazib, 74 ta gol urgan. Shuningdek, uning hisobida 19 ta golli uzatma bor.