Tuxel: «Jahon chempionatini kutish yanada kuchaymoqda»

Chorshanba kuni Angliya terma jamoasi mart oyida Urugvay va Yaponiyaga qarshi o'z maydonida o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishi ma'lum bo'ldi. Bu borada "uch sherlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel izoh berdi.
"Biz bu ikki o'yin tasdiqlangani uchun juda xursandmiz. Biz jahon reytingining eng yaxshi 20 taligiga kiruvchi ikkita jamoa bilan o'ynashni, shuningdek, Evropadan tashqaridagi raqiblarga qarshi o'zimizni sinab ko'rishni xohladik. Juma kungi qur'adan so'ng kelasi yilni kutish yanada kuchaymoqda," - deya Tuxelning so'zlarini keltiradi Angliya futbol assotsiatsiyasi sayti.
JCh-2026da Angliya terma jamoasi Xorvatiya, Gana va Panama bilan bir guruhda o'ynaydi.