Tuxel: "Bugun oson bo'lmadi, ammo jamoa g'alabaga loyiq edi"

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCh-2026 saralashida Albaniya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'yin taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Murabbiyning ta'kidlashicha, inglizlar ko'p vaqt davomida nazoratni qo'lda ushlab turganiga qaramay, o'yin oson kechmagan.
- Bugun oson bo'lmadi. O'yinni to'liq nazorat qildik, ammo jamoa qiyin vaziyatlarni boshdan kechirdi, keyin esa standart vaziyatdan gol urib, hisobni ochdi - bu juda yaxshi. Biz o'yinni xotirjamlik bilan g'alabagacha etkaza olganimiz ajoyib. Barcha mamnun va jamoa bu natijaga munosib", - dedi murabbiy.