Tuxel boshchiligidagi Angliya rasmiy o'yinlarda gol o'tkazib yubormay g'alaba qozonmoqda

Tomas Tuxel boshchiligidagi inglizlar jahon chempionati saralashida Serbiya terma jamoasini mag'lub etdi (2:0).
Germaniyalik mutaxassis jamoani shu yilning yanvar oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Tuxel qo'l ostida Angliya 8 ta g'alabaga erishdi - 23:0, o'rtoqlik o'yinida Senegalga yutqazdi (1:3).

Yakshanba kuni inglizlar Albaniya bilan o'ynaydi. Avvalroq Tuxel jamoasi JCh-2026 yo'llanmasiga ega chiqqandi.