Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalida DR Kongo ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng Harri Keynning o'yini haqida fikr bildirdi.

Inglizlar sardori uchrashuvda dublni rasmiylashtirib, o'z jamoasini turnirning keyingi bosqichiga olib chiqdi.

«Biz Harridan aynan shuni kutamiz. O'ylaymanki, u o'zidan ham shuni talab qiladi. Qiyin va shiddatli o'yinlarda aynan u uchrashuv taqdirini hal qilishi lozim. U yuqori saviyali futbolchi», — dedi inglizlar ustozi o'yindan keyin.

Eslatib o'tamiz, Keynning gollari evaziga Angliya terma jamoasi tanaffusdan keyin ikkita to'p kiritib, irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Jahon chempionatining 1/8 finalida inglizlar Meksika terma jamoasi bilan to'qnash kelishadi.

Manba: Stadion.uz