Tuxel Bellingemning Angliya terma jamoasiga qaytishi haqida gapirdi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel yarimhimoyachi Jud Bellingemning jamoaga qaytishi haqida gapirdi.
"Bellingemning qaytganidan xursandman. U "o'nlik" bo'lib qaytdi. Menimcha, bu uning eng yaxshi pozitsiyasi. Uning kuchli tomonlaridan biri bu pozitsiyadan gol urish qobiliyatidir. U "to'qqizlik" sifatida gol uradi va golli uzatmalarni amalga oshiradi, bu "o'nlik" uchun g'ayrioddiydir. Bu oson ko'rinadi, ammo kerakli vaqtda kerakli pozitsiyani egallash qiyin", - deya Tuxelning so'zlarini keltiradi Daily Express.
Angliya terma jamoasi allaqachon jahon chempionatiga yo'l olgan. Tuxel jamoasi saralashning qolgan ikki o'yinida Serbiya (13 noyabr) va Albaniyaga (16 noyabr) qarshi maydonga tushadi.
Kommentariyalar