Tuxel: «Bellingem jarohatdan keyin energiyaga to'la va ajoyib formada»

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jud Bellingemning Yangi Zelandiyaga qarshi o'yindagi harakatlarini yuqori baholadi.
«Real Madrid» yarim himoyachisi g'alaba bilan yakunlangan o'rtoqlik uchrashuvining (1:0) 2-bo'limida maydonga tushdi.
«Judda qat'iyatlik va tirishqoqlik bor, bular u uchun asosiy xususiyatlardir.
Jarohatdan so'ng uning energiyaga to'la ekanligi va maydonga qaytganidan xursandligi ko'rinib turibdi. Afsuski, u mavsumning eng hal qiluvchi pallasida safdan chiqqan edi.
Lekin hozir u bilan hammasi joyida ekanligi ko'rinib turibdi. U kuchga to'lib qaytmoqda, o'ynashni xohlaydi va ajoyib sport formasida», — deb ta'kidladi Tuxel.
Eslatib o'tamiz, Bellingem Angliya terma jamoasining JCh-2026 uchun qaydnomasidan joy olgan. 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.