Istanbulning «Fenerbaxche» klubi chorshanba kuni hujumchi Meyson Grinvudning transferi bo'yicha «Marsel»ga rasmiy taklif yubordi. Bu haqda Fabris Xoukins yozmoqda.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, provansalliklar ingliz futbolchisi uchun istanbulliklardan 50 million evro talab qilishgan. «Fenerbaxche» esa 40 million evro to'lashga va talab qilinayotgan summani qondirish uchun qo'shimcha bonuslar qo'shishga tayyor.

Ta'kidlanishicha, Grinvudning o'zi ham Bosfor sohillariga (Istanbulga) ko'chib o'tishga qarshi emas.

Grinvud – «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2024 yilda u doimiy ravishda «Marsel» safiga qo'shilgandi. Ayni paytda uning Frantsiya klubi bilan tuzgan shartnomasi yana uch yilga mo'ljallangan.

Manba: Stadion.uz