"Brayton" klubi va Turkiya terma jamoasi himoyachisi Ferdi Kadioglu jarohatidan tiklanishi haqida gapirdi.

U o'tgan mavsumning deyarli barcha uchrashuvini o'tkazib yubordi.

"Oyoq bosh barmog'imdan jarohat oldim, bo'g'imlarim yirtilib ketdi. Avvaliga uni jarrohlik qilmasdan tuzatishga harakat qildik.

U to'g'ri tuzalmadi. Keyinroq operatsiya qilishimiz kerak edi, shuning uchun biroz vaqt ketdi. Operatsiyadan keyin qaytishim qiyin bo'ldi.

Tiklanishim kutilganidan ham uzoq davom etdi", - deya Kadiogluning so'zlarini keltiradi The Athletic.