Turkiya chempionati 32-turida "Fenerbahche" o'z maydonida "Bashakshehir"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Mezbonlar safida Taliska xet-trik muallifi bo'ldi, mehmonlardan Amin Xarit javob to'pini kiritdi.

"Bashakshehir" safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 74-daqiqada zaxiraga olindi. Abbosbek Fayzullaev zaxirada qoldirildi.

"Fenerbahche" 70 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Bashakshehir" 51 ochko bilan 6-pog'onada.

Fenerbahche - Bashakshehir - 3:1

Gollar: 28' 1:0 - Taliska, 36' 1:1 - A. Xarit (K. Karatash), 57' 2:1 - Taliska (Fred), 72' 3:1 - Taliska (Fred).

Manba: www.stadion.uz.