Turkiya chempionatining 34-turidan o'rin olgan "Gaziantep" va "Bashakshehir" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida istanbulliklar hisobni ochishdi: Abbos Fayzullaevning uzatmasidan keyin Zelke to'pni darvozaga joyladi.

22-daqiqada esa "Gaziantep" darvozasiga penalti belgilandi. Uni Eldor Shomurodov aniq amalga oshirib, jamoasining ustunligini oshirdi. O'zbekistonlik futbolchi uchun ushbu gol joriy mavsumdagi 22-gol bo'ldi. U to'purar bahsida etakchilik qilayotgan Pol Onuachu bilan tenglashib oldi.

Ikkinchi bo'limda mezbonlar bitta to'p bilan javob qaytardi. Ammo "Bashakshehir" g'alabani ushlab qoldi va mavsumni 57 ochko bilan 5-pog'onada yakunladi.

Abbos Fayzullaev va Eldor Shomurodov o'yin oxirigacha maydonda harakat qildi.

Manba: stadion.uz