Turkiya chempionati 15-turida "Istanbul Bashakshehir" o'z maydonida "Fenerbaxche"ni qabul qildi. Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.

O'yinning 64-daqiqasida Milan Shkrinyar o'z goli bilan mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, Abbosbek Fayzullaev o'rniga 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Bert O'zgyur mezbonlarga 1 ochko olib bergan golni 81-daqiqada kiritdi.

"Bashakshehir" safida Eldor Shomurodov to'liq o'yin o'tkazdi. Fayzullaev 46-daqiqada ogohlantirish oldi va 71-daqiqada zaxiraga olindi.

"Bashakshehir" 17 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda. "Fenerbaxche" 33 ochko bilan 2-pog'onada.

Manba: www.stadion.uz.