Turkiya superligasining 4-turi doirasida «Bashakshehir» klubi o'z maydonida «Eyupspor»ni qabul qildi.

Bellashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvda o'zbekistonlik futbolchilar Abbos Fayzullaev va Eldor Shomurodovni bahsni asosiy tarkibda boshlashdi. Shomurodov to'liq o'yinni o'tkazgan bo'lsa, Fayzullaev 70 daqiqa harakat qildi.

Bu natijadan so'ng "Bashakshehir" 2 ochko bilan turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.