Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an N’Golo Kantening Istanbulning "Fenerbaxche" klubiga o'tishiga o'z hissasini qo'shdi.

"O'z nomimdan va klub nomidan prezident Erdo'g'anga futbolchining transferi muvaffaqiyatli amalga oshishiga sabab bo'lgan qo'llab-quvvatlovi uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu ham "Fenerbaxche" uchun, ham umuman Turkiya futboli uchun foydali bo'ladi", — deya klub prezidenti Sadettin Saranning so'zlarini keltirmoqda "Fener" matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz:

  • Mashhur frantsuz yarim himoyachisi so'nggi ikki yil davomida Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasida to'p tepgan.

  • Jahon chempioni va Angliyaning ikki karra chempioni avvalroq Angliyada "Lester" va "Chelsi" klublari sharafini himoya qilgan.

  • Hozirda Kante 34 yoshda.

Ayni damda "Fenerbaxche" 46 ochko bilan Turkiya chempionatida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Galatasaroy"dan uch ochkoga ortda qolmoqda.