Turkiya chempionati 6-turida "Istanbul Bashakshehir" o'z maydonida "Alanyaspor"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Istanbulliklar safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov 29-daqiqada hisobni ochdi. Mehmonlar safida Uchenna Ogundu 52-daqiqada javob golini urdi.

Shomurodov bu o'yinda to'liq harakat qildi. Abbosbek Fayzullaev 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

"Bashakshehir" 6 ochko bilan 10-o'rinda. "Alanyaspor" 9 ochko bilan 7-pog'onada.

Manba: www.stadion.uz.