Turkiya chempionatida 19-tur o'yinlari ortda qoldi.

Ushbu turda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Istanbul Bashakshehir" safarda "Kayserispor"ni yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Bu g'alaba evaziga jamoa 29 ochko bilan 6-o'ringa ko'tarildi.

Yana bir hamyurtimiz Husniddin Aliqulov (jarohatda) to'p tepayotgan "Rizespor" bu turda "Alanyaspor" bilan durang o'ynadi - 1:1. Jamoa 19 ochko bilan 12-o'rinda bormoqda.