Turkiya chempionatida bugun 26-tur o'yinlari davom ettiriladi.

Tur doirasida o'zbekistonlik futbolchilar - Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Istanbul Bashakshehir" safarda turnir jadvali peshqadami "Galatasaroy"ga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu bahs 22:00 da start oladi.

Turkiya Superligasi. 26-tur
14.03.2026. 22:00. RAMS Park (Istanbul)
Galatasaroy - Istanbul Bashakshehir