Turkiya chempionati 27-turida "Bashakshehir" o'z maydonida "Alanyaspor"ni qabul qildi.

Bahsda hisob ochilmadi - 0:0.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov mazkur bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 79-daqiqada almashtirildi. Abbosbek Fayzullaev qaydnomaga kiritilmadi.

"Bashakshehir" 43 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. "Alanyaspor" 25 ochko bilan 14-pog'onada.

Manba: www.stadion.uz.