Turkiya chempionati 7-turida «Bashakshehir» safarda «Konyaspor» bilan bellashdi.

O'yin 2:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Istanbul klubi safida O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda tushib, jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. Abbos Fayzullaev esa 64-daqiqada zaxiradan qo'shildi.

Turkiya Superligasi. 7-tur
Konyaspor — Bashakshehir 2:1
Gollar: Ndao (16), Opoku (45+1, avtogol) — Shomurodov (57).