«Turkish Open-2026»: Ayollar o'rtasidagi bellashuvlarni oltin, kumush va bronza medali bilan yakunladik!

Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo VT bo'yicha Turkiya Ochiq chempionati doirasida ayollar o'rtasidagi bellashuvlar bo'lib o'tdi.
Kun davomida O'zbekiston ayollar terma jamoasining 8 nafar vakilasi dayangga ko'tarildi. Yakunda hisobimizga Ozoda Sobirjonova oltin, Sevinch Hayitova kumush, Svetlana Osipova esa bronza medalini taqdim etdi.
Oltin:
Ozoda Sobirjonova (67 kg).
Kumush:
Sevinch Hayitova (62 kg).
Bronza:
Svetlana Osipova (+73 kg).
Ertaga turnir doirasida erkaklar o'rtasidagi janglar guvohiga aylanamiz.
Manba: https://t.me/uzbtaekwondowt