Turk klubi dunyoning eng yaxshi darvozabonini sotib olmoqchi edi

Dunyoning eng yaxshi darvozaboni bu yoz Turkiyaning nufuzli klubiga o'tishi mumkin edi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Istanbulning "Galatasaroy" klubi "Aston Villa"dan 33 yoshli darvozabon Emiliano Martinesni o'z safiga qo'shib olishga uringan, biroq ingliz klubiga 25 million evro taklif qilishiga qaramasdan muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Ma'lum qilinishicha, "sariq-qizillar" vakillari avgust oyida argentinalik darvozabonning vakillari bilan 2028 yil iyun oyining oxirigacha mo'ljallangan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha printsipial kelishuvga erishgan, ammo Birmingem klubi rahbariyati transfer taklifini rad etishga qaror qilgan.
Emiliano Martines 2025/26 yilgi mavsumda "Aston Villa" safida Angliya Premer-ligasida ikkita o'yin o'tkazdi. Uning hisobida "Villa" tarkibida barcha musobaqalarda jami 214 ta uchrashuv bor.