Turk insayderi: Benzema Mourino jamoasiga borib qo'shilishi mumkin

"Al-Ittihod"ning frantsiyalik hujumchisi Karim Benzemaga "Benfika"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino qiziqish bildirmoqda. Ushbu ma'lumotni insayder Ekrem Konur e'lon qildi.
Manbaga ko'ra, Mourino Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadigan 37 yoshli hujumchini o'z safiga chorlamoqchi. Benzema Evropaga qaytishi uchun maoshini sezilarli darajada pasaytirishiga to'g'ri keladi, ammo hujumchi bunga tayyormi yoki yo'qligi noma'lum. Ta'kidlanishicha, "Al-Ittihod" Benzemani qishdayoq qo'yib yuborishi mumkin, agar unga 5-7 million evrolik taklif tushsa.
Ammo "Benfika" uchun hammasi ko'ringanidek oson emas. Manbaga ko'ra, Benzemaning xizmatlariga Frantsiya va MLS klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Bu mavsumda hujumchi barcha turnirlarni hisobga olgan holda ikkita o'yinda uchta gol urdi.