"Inter" chap qanot himoyachisi Karlos Augusto faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

A Sport xabariga ko'ra, "Beshiktosh" 26 yoshli braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Bu bosh murabbiy Sergey Yalchinning aniq talabi.

"Neradzurrilar" futbolchini 20 mln evroga baholamoqda.

Augusto joriy mavsumda 20 ta o'yinda 2 ta gol urib, 3 ta assist berdi.