Turk futbolchisi vataniga qaytganidan xursand

Kerem Aktyurko'g'li "Benfika"dan "Fenerbaxche"ga o'tdi.
Turkiyalik vinger klublar futbolchining transferi bo'yicha kelishib olganidan so'ng, transferni yakunlash uchun Istanbulga etib keldi.
Avvalroq, "Fenerbaxche" transfer uchun 22,5 million evro va yana 2,5 million evro bonus to'lashi xabar qilingandi.
"Men Turkiyaning eng katta va obro'li klubiga qo'shildim. Bundan buyon "Fenerbaxche" uchun borimni beraman. Umid qilamanki, biz chempion bo'la olamiz," - dedi Turkiyada "Galatasaroy"da o'ynagan Kerem Aktyurko'g'li.