Ture nima uchun Gvardiola matbuot anjumanida qatnashmaganini tushuntirdi

Xosep Gvardiola juma kungi matbuot anjumanida ishtirok etmadi. Bosh murabbiy o'rniga jurnalistlar bilan muloqot qilish uchun "Manchester Siti" murabbiylar shtabi a'zosi Kolo Ture keldi. U Gvardiolaning yo'qligiga izoh berdi.
- Pep bilan hammasi joyida. Shunchaki uning kelishiga yo'l qo'ymagan mayda-chuyda detallar bor, lekin hammasi joyida. U o'yinda aniq ishtirok etadi", - dedi Ture jurnalistlarga.
"Manchester Siti" 14 dekabr, yakshanba kuni Londonda Premer-liga doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi bahs olib boradi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da yangraydi.