Ture «Liverpul» nishonida

Germaniya Bundesligasida «Xoffenxaym» sharafini himoya qilayotgan kot-d'ivuarlik vinger Bazuman Ture faoliyatini Angliya Premer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin.
Teamtalk jurnalistlarining bergan ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» rahbariyati futbolchining transferiga qiziqish bildirmoqda va bo'lajak kelishuv ustida amaliy ishlarni boshlab yuborgan. Turening mersisaydliklar safiga o'tishi yozgi transfer mavsumida amalga oshishi kutilmoqda. Ushbu ehtimoliy transfer qiymati taxminan 40 million evroga baholanmoqda.
Yakuniga etgan Bundesliga mavsumida Bazuman «Xoffenxaym» tarkibida 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Iqtidorli futbolchi o'z hisobiga 5 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.