Turan: «AZga qarshi turish oson bo'lmadi, ammo...»

Ukrainaning «Shaxtyor» klubi ustozi Arda Turan o'z jamoasining Konferentsiyalar ligasi yarim finaliga chiqqani borasida fikr bildirdi.
«Men AZ jamoasiga katta hurmat bilan qarayman. Biz ancha keskin kurashlar ostida kechgan o'yinni o'tkazdik. Taktik jihatdan «Shaxtyor» o'zini juda yaxshi ko'rsata oldi. Bunday raqibga qarshi turish oson bo'lmadi, mezbonlar bizni doimiy ravishda pressing ostida ushlab turishdi», — deya turkiyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, birinchi o'yinda «Shaxtyor» AZni 3:0 hisobida mag'lub etgan edi, javob uchrashuvi esa 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Konferentsiyalar ligasi finali yo'llanmasi uchun Ukraina jamoasi Angliyaning «Kristal Pelas» klubiga qarshi bahs olib boradi.