Tunis terma jamoasi Yaponiyadan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng, Jahon chempionati — 2026’ning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan butunlay mahrum bo'ldi.

Uchrashuv yaponiyaliklarning 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. «Samuraylar» tarkibida Ayase Ueda dubl qayd etgan bo'lsa, Daiti Kamada va Dzyunya Ito bittadan gol urishga muvaffaq bo'lishdi.

Ikkita o'yindan so'ng Tunis hisobida birorta ham ochko yo'q, to'plar nisbati esa 1-9 ni tashkil etmoqda. Eslatib o'tamiz, afrikaliklar ilk turda Shvetsiya terma jamoasiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.

Shu tariqa, Tunisning Niderlandiyaga qarshi o'tadigan so'nggi bahsi jamoa uchun shunchaki rasmiyatchilikka aylandi. Yaponiya esa "F" guruhida Niderlandiya bilan birga peshqadamlikni bo'lishib turibdi.

Manba: Stadion.uz