Tunis terma jamoasi muddatidan avval JCh-2026ga yo'l oldi.

Tunis terma jamoasi jahon chempionati Afrika saralashida Ekvatorial Gvineya terma jamoasini mag'lub etdi (1:0) va 8 o'yindan so'ng 22 ochko bilan H guruhida peshqadamlik qilmoqda. 2-o'rinda borayotgan Namibiya terma jamoasi hisobida 12 ochko mavjud.

Tunis terma jamoasi ketma-ket uchinchi marta jahon chempionatiga yo'l oldi.

Bo'lajak turnir jamoa uchun tarixdagi 7-turnir bo'ladi - bunda tunisliklar biror marta ham guruhdan chiqa olmagan.