Tunis futbol federatsiyasi milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy etib Erve Renar tayinlanganini rasman ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, 57 yoshli frantsiyalik mutaxassis 2026 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar faoliyat olib boradi. U o'z vazifasiga bugun kechqurun kirishadi.

Avvalroq Tunis terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichi 1-turida Shvetsiyadan 1:5 hisobidagi yirik mag'lubiyatdan so'ng bosh murabbiy Sabri Lyamushini iste'foga chiqargan edi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionatining ikkinchi turida Tunis 21 iyun kuni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, F guruhida Niderlandiya terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.