Tudor Yildizning istiqbollarini baholadi

"Yuventus" bosh murabbiyi Igor Tudor hujumkor yarim himoyachi Kenan Yildizning muvaffaqiyatlari va istiqbollari haqida qanday fikrda ekanini aytdi.
20 yoshli turk "byankonerilar"ning asosiy yulduzlaridan biri darajasiga ko'tarildi, ammo murabbiyning so'zlariga ko'ra, u sezilarli darajada o'sishi mumkin.
"Yildiz har doim hamma narsani to'g'ri qiladi, uni ajoyib motivatsiya ajratib turadi. Unda top-o'yinchi bo'lish uchun hamma narsa bor," - dedi Tudor DAZN’ga bergan intervyusida.
Kenan Yildiz turinliklar safida joriy mavsumning ikki o'yinida ikkita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.