Tudor: "Romero yuqori formaga kirish uchun harakat qildi"

"Atletiko Madrid"ga qarshi Chempionlar Ligasi o'yini oldidan matbuot anjumanida "Tottenxem" bosh murabbiyi Igor Tudor Kristian Romeroning diskvalifikatsiyadan qaytgani haqida fikr bildirdi.
"U ko'p vaqtni o'tkazib yubordi, lekin u ko'p mehnat qildi. U jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bilan mashg'ulot o'tkazdi va eng yuqori formaga kirish uchun harakat qildi.
Endi Romero o'zining haqiqiy etakchi ekanligini ko'rsatishi mumkin", - deya Tudorning so'zlarini keltirdi UEFA veb-sayti.